Maxfiylik siyosati
NeoPro (neopro.uz) — targetologlar va tadbirkorlar uchun reklama natijalarini kuzatish, mijozga hisobot berish va Meta (Facebook/Instagram) reklamasini yaratish platformasi. Ushbu siyosat qaysi ma'lumotlarni yig'ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday o'chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Akkaunt ma'lumotlari: ism, telefon raqami, parol (shifrlangan holda), tanlagan toifangiz va profil ma'lumotlari.
- Facebook orqali ulanganda: Facebook foydalanuvchi ID va ismingiz, siz ruxsat bergan reklama kabinetlari, biznes portfoliolar, Facebook sahifalari va reklama statistikasi (xarajat, ko'rishlar, kliklar, lidlar). Buning uchun Meta'ning ads_read, ads_management, business_management, pages_show_list, pages_read_engagement ruxsatlaridan foydalanamiz.
- Siz kiritgan ma'lumotlar: loyihalar, natijalar, sotuvlar va cheklar, chat xabarlari, yuklangan rasm/videolar, support murojaatlari.
- To'lov ma'lumotlari: to'lov cheki rasmi va summa (karta raqamingizni saqlamaymiz).
2. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Reklama natijalaringizni ko'rsatish, dashboard va mijozga hisobot tayyorlash.
- Siz so'raganingizda — sizning reklama kabinetingizda kampaniya, reklama to'plami, kreativ va reklama yaratish, ularni yoqish/to'xtatish va byudjetini o'zgartirish ("AI bilan target yoqish").
- Platforma xizmatlarini ko'rsatish: to'lovlar, bildirishnomalar, chat va support.
Facebook'dan olingan ma'lumotlarni sotmaymiz, reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz va faqat yuqoridagi xizmatlarni ko'rsatish uchun ishlatamiz. Reklama hisobotini faqat siz link bergan odam (mijozingiz) ko'radi.
3. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, Facebook kirish tokeni faqat serverda turadi va brauzerga chiqarilmaydi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi.
4. Ma'lumotlaringizni o'chirish
Istalgan vaqtda ma'lumotlaringizni o'chirishingiz mumkin:
- Facebook ulanishini uzish: NeoPro'da Mening loyihalarim → Facebook'ni ulash sahifasida "Uzish" tugmasini bosing — tokeningiz darhol o'chiriladi. Yoki Facebook'da: Sozlamalar → Xavfsizlik va kirish → Business Integrations bo'limida "Target Platforma" ilovasini olib tashlang.
- Akkaunt va barcha ma'lumotlarni o'chirish: saytdagi Support orqali "Akkauntimni o'chiring" deb yozing. So'rovingiz 7 kun ichida bajariladi: akkaunt, loyihalar, Facebook'dan olingan statistika, chat xabarlari va yuklangan fayllar butunlay o'chiriladi.
5. Aloqa
Savollar bo'yicha saytdagi Support orqali yozing.
Yangilangan: 28.09.2026